01 iyu 09:43
Yangiliklar
Tennis

Andijon “Fyuchers”. Fayziev ham bugun yarim finalda o'ynaydi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Andijon shahrida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi tennis turniri davom etmoqda.
Musobaqaning mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Erkak tennischilar o'rtasidagi musobaqada yarim finalchilar nomi malum bo'ldi. Turnirning asosiy to'r bahslariga saralash turniri orqali etib kelgan hamyurtimiz Sanjar Fayziev bugun final chiptasi uchun kortga chiqadi.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi turnirda ettinchi raqam ostida saralangan belaruslik Sergey Betov bilan to'qnash keladi. Kecha Fayziev chorak finalda turnirning uchinchi raketkasi rossiyalik Roman Safiulindan 4:6, 6:2, 6:4 hisobida ustun kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar