03 iyu 12:47
Yangiliklar
Tennis
Andijon “Fyuchers”. Likina - bosh mukofot sohibasi!
Andijon shahrida o'tkazilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turnir o'z nihoyasiga etdi.
Sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning yakkalik bahslarida rossiyalik Kseniya Likina bosh mukofot sohibasiga aylandi. Sof ruscha o'tgan finalda Likina vatandoshi Anastasiya Frolovaga qarshi kortga chiqdi.
Ikki soatu 28 daqiqa davom etgan final uchrashuvida Likina dugonasini 6:4, 3:6, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Likina turnirda to'rtinchi raqam ostida harakat qilgan edi. Frolova yarim finalda hamyurtimiz Oqgul Omonmurodovadan ustun kelgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar