30 may 15:04
Yangiliklar
Tennis

Andijon “Fyuchers”. Sabina chorak finalda, Layloda mag'lubiyat
Andijon shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollaridan iborat “Fyuchers” turniri o'zining qizg'in pallasiga kirib boryapti.
Xotin-qiz tennischilar o'rtasidagi turnirda birinchi raqam ostida tasniflangan Sabina SHaripova chorak final chiptasini qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz ikkinchi davra uchrashuvida rossiyalik Valeriya Urjumovani 6:7(6), 6:4, 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Endi SHaripova chorak finalda turnirning beshinchi raketkasi Valeriya Straxovaga qarshi kortga chiqadi. Ukrainalik bu tennis bugun ikkinchi bosqichda hamyurtimiz Laylo Bahodirovaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:2, 6:0.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar