03 iyu 10:40
Yangiliklar
Tennis

Andre Agassi: “Jokovich mehnatimga pul to'lamaydi”
Afsonaviy tennischi Andre Agassi serbiyalik Novak Jokovich bilan hamkorligi yuzasidan intervyu berdi.
Amerikalik sobiq tennischi, dunyoning eks birinchi raketkasi Andre Agassi Jokovichning yangi bosh murabbiyiga aylangandi. Agassining aytishicha, bu hamkorlik uchun hech qanday maosh olmayapti.
“Novak bilan bo'sh vaqtimda ishlayapman. Buning uchun u menga hech qanday haq to'lamayapti. Umuman olganda, bunga men muhtoj ham emasman. SHunchaki, unga yordam bermoqchiman.
U bilan birga Uimbldon turniriga kelamanmi? Agar u buni xohlasa, albatta Londonga kelaman. Jokovichga murabbiylik qilish bu katta masuliyat”, – deya Mirror nashriga intervyu berdi Agassi.
Havola :
Fikrlar