27 apr 14:49
Yangiliklar
Tennis
Andrey Rublyov to'rtta mag'lubiyatdan iborat seriyasiga chek qo'ydi
Dunyoning sakkizinchi raketkasi Andrey Rublyov ketma-ket to'rtta mag'lubiyatdan so'ng nihoyat g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi.
Rossiyalik tennischi Madrid "Masters" turnirining ATP reytingida 136-pog'onada borayotgan argentinalik Fakundo Banisni ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/4. Tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Rublyov g'alaba qozondi - 2:0.
Roppa-rosa 90 daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 5 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Banisda ko'proq bo'ldi - 3 ga 2. Breyklar bo'yicha ustunlik g'olib tennischi tomonda - 4 ga 1! Endi Rublyov uchinchi bosqichda ispaniyalik Alexandro Davidovich Fokinaga qarshi kortga chiqadi. Alexandro o'z zrnida xitoylik SHan Czyunchenni 7/5, 6/3 hisobida engdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar