20 iyu 08:11
Yangiliklar
Tennis
Anett Kontaveyt Gamburgda muvaffaqiyatli start oldi
Germaniyaning Gamburg shahrida tennis bo'yicha WTA turniri bo'lib o'tmoqda.
Sayyoramizning ikkinchi raqamli tennis malikasi Anett Kontaveyt ushbu turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshlab oldi. Estoniyalik tennischi WTA reytingida 125-pog'onadan joy olgan ruminiyalik Irina Mariya Bareni 6/3, 7/6(3) hisobida taslim etdi.
Bir soatu 37 daqiqa davom etgan bahsda Kontaveyt ham, Bare ham bittadan eys zarbasini amalga oshirgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Endi Anett ikkinchi bosqichda shveciyalik Rebekka Petersonga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar