17 sen 14:37
Yangiliklar
Tennis
Anett Kontaveyt 29 yoshida ona bo'ldi + FOTO
Dunyoning sobiq ikkinchi raketkasi Anett Kontaveyt onalik, uning futbolchi turmush o'rtog'i otalik baxtiga muyassar bo'ldi.
Estoniyalik sportchilar oilasida o'g'il farzand dunyoga keldi. Yangi mehmonga Leon Enco deb ism qo'yishdi. Brent Lepistu Estoniya terma jamoasi hamda mahalliy "Levadiya", "Flora" klublari sharafini himoya qilgan.
"Leon Enco Lepistu bilan birinchi hafta. CHeksiz muhabbat", - deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida surat va uning ostida izoh qoldirgan Kontaveyt.
Estoniyalik tennis malikasi jarohati sabab Uimbldon-2023 turniridan keyin professional sportchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo'lgandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar