So’nggi yangiliklar

12:44Жорж Сен-Пьер Ислам Махачевни мағлуб этиш йўлини айтди 0 12:23Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди 0 12:02Скала WWЕ ва UFC`дан 80 млн доллар ишлади 0 11:41Умар Кремлёв: "Қарор адолатли!" 0 11:20"Uzbekistan Judo Tour" мусобақасининг Тошкент шаҳар босқичи старт арафасида 0 10:59Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" Карим Бенземанинг "Ал Иттиҳод"и меҳмони бўлади 0 10:38Шумков Тошкентда Халоковга реванш беришга тайёр 0 10:17Карлос Алькарас Озодлик ҳайкалини татуировка қилди + ФОТО 0 09:56Алжамейн Стерлинг икки эҳтимолий рақибни айтди 0 09:35Sofascore. Энг юқори балл Файзуллаевда! Шомуродовчи? 0 09:14Нассурдин Имавов Чимаевни зарба эвазига мағлуб этмоқчи 0 08:53Дрикус Дю Плесси октагонга қайтиш муддатини айтди 0 08:32Арман Царукян 10 январь куни собиқ PFL жангчисига қарши баҳс олиб боради + ПОСТЕР 0 08:11Нереснинг дубли "Наполи"га Италия Суперкубогини тақдим этди 0 07:50Шоҳжаҳон Эргашевнинг рақиби ўзгарди, у ҳинд боксчисига қарши рингга чиқади + ПОСТЕР 0

21 iyu 08:46
Yangiliklar

Tennis

27 yoshli Kontaveyt "Uimbldon"dan so'ng faoliyatini yakunlaydi

Teglar :  Anett Kontaveyt
Estoniyalik tennis malikasi Anett Kontaveyt “Uimbldon” uning faoliyatidagi so'nggi turnir bo'lishini malum qildi.

U 6 ta WTA turniri chempioni hisoblanadi. 2022 yilda Anett WTA reytingida ikkinchi o'ringacha ko'tarildi. Joriy mavsum avvalida estoniyalik bel qismidagi muammolar tufayli ikki oyni o'tkazib yubordi.

“Bugun men professional sportchi sifatida faoliyatimni yakunlayotganimni elon qilaman. SHifokor qabuliga bir necha bor borganim va tibbiy jamoam bilan o'tkazilgan maslahatlashuvdan so'ng, menda umurtqa disklarida degenerativ o'zgarishlar borligini bildim.

Bu menga to'liq mashq qilish yoki raqobatni davom ettirish uchun imkon bermaydi. SHunday ekan, bunday kuchli raqobatli Turda yuqori darajada chiqishni davom ettirishning imkoni yo'q.

Tennis menga ko'p narsa berdi va ko'p narsani o'rgatdi, buning uchun juda ham minnatdorman. Men uchun Estoniya bayrog'ini tennis kortlariga olib chiqish va butun dunyo bo'ylab muxlislarim qarshisida o'ynash muhim edi.

Men "Uimbldon"dagi so'nggi chiqishimdan so'ng yangi sinovlarga tayyorman, u erda o'yindan zavqlanaman va bor kuchim bilan raqobatlashaman.", - dedi Kontaveyt.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing