03 okt 10:49
Yangiliklar
Tennis
Mezbondan ustun kelgan Kreychikova Tallinda chempion bo'ldi
Estoniya poytaxti Tallin shahrida tennis bo'yicha WTA turniri bo'lib o'tdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida WTA reytingida 27-o'rinni egallab turgan chexiyalik Barbora Kreychikova sayyoramizning to'rtinchi raqamli tennis malikasi, estoniyalik Anett Kontaveytni 6/2, 6/3 hisobida mag'lub etib, bosh sovrin sohibasiga aylandi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Barbora hisobda oldinga chiqib oldi. Sakson ikki daqiqa davom etgan bahsda Kreychikova 4, Kontaveyt esa 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Har ikkala tennischida ham qo'shxatolar 3 tani tashkil etdi.
Tallin turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Kreychikovaga 280 reyting ochkosi hamda 26,770 evro mukofot puli keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar