31 avg 08:01
Yangiliklar
US Open 2026. Kamilla Rahimova ilk davrada dunyoning 29-raketkasini taslim etdi
Musobaqaning asosiy to'rida ikki vakilamizning ham ishtirok etishi haqida xabar bergan edik. O'zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova 1/64 final uchrashuvida shov-shuvli g'alabaga erishdi. Hamyurtimiz ilk bosqichda chexiyalik Barbora Kreychikovaga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 55 daqiqa davom etgan bahsda Rahimova dunyoning sobiq birinchi raketkasini 7/6(4), 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Barbora turnirda 27-raqam ostida tasniflangan edi. Eyslar bo'yicha chexiyalik tennis malikasi katta ustunlikka erishdi - 8 ga 1. Ikkala tennischi bir xilda - 8 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi.
Bu tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvi edi - 1:1. 2021 yilda aynan US Open turniri doirasida o'tgan ilk bahsda Kreychikova zafar quchgandi. Rahimova ayni paytda WTA reytingida 92, Kreychikova esa 29-o'rinni egallab turibdi. Kamillaning 1/32 finaldagi raqibasi bugun yaponiyalik Aoi Ito (reytingdagi o'rni 373) hamda ispaniyalik Oksana Selexmeteva (93) o'rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi.

Fikrlar