24 okt 11:55
Yangiliklar
Tennis
Anett Kontaveyt "VTB Kreml Kubogi" finalida
Moskvada o'tayotgan tennis bo'yicha "VTB Kreml Kubogi"ning ikkinchi finalchisi malum bo'ldi.
Dunyoning 20-raketkasi, estoniyalik Anett Kontaveyt 76 daqiqa davom etgan yarim final bahsida WTA reytingining 35-pog'onasidan joy olgan chexiyalik Marketa Vondroushovani mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/4.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon chexiyalik tennischi oldinda bormoqda - 2:1. Bundan avvalgi ikki bahsda Marketa g'alaba qozongan edi. Bugun Anett bosh sovrin uchun uchrashuvda rossiyalik Ekaterina Aleksandrovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar