01 sen 12:23
Yangiliklar
Tennis

US Open. Qozog'istonlik tennis malikasini 1/4 final ostonasida to'xtatishdi
Dunyoning o'ninchi raketkasi bo'lib turgan Elena Ribakina "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi AQSH Ochiq chempionatidagi ishtirokini yakunladi.
Qozog'istonlik tennis malikasi kutilmaganda 1/8 final uchrashuvida WTA reytingida 60-pog'onada borayotgan chexiyalik Marketa Vondroushovaga 4:6, 7:5, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Bir soatu 52 daqiqa davom etgan bahsda Marketa 10, Elena esa 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Vondroushova 1/4 finalda dunyoning birinchi raketkasi, belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar