So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

02 noy 09:29
Yangiliklar

Boshqalar

Antidoping agentligi: Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik ko'rayotgan sportchilarga tushunchalar berildi

Teglar :  AntidopingUzNada
UzNADA Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik olib borayotgan terma jamoalarimiz bilan uchrashuvlar tashkil etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamuriy islohotlar doirasida O'zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilingan bo'lib, mazkur qarorda sportda doping qo'llanishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish bo'yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari va boshqa tuzilmalarning antidoping nazorati sohasida qo'shma tadbirlar tashkil etish va tajriba almashish orqali o'zaro hamkorligini taminlash belgilangan.

SHuningdek, qarorda Milliy antidoping agentligi faoliyatining ustuvor yo'nalishlari sifatida sport federaciyalari, klublari va jamoalari tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga ko'maklashish, ularga sportda doping qo'llanishining oldini olish va antidoping nazoratini amalga oshirish borasida uslubiy yordam ko'rsatish, talim dasturlarini realizaciya qilish, sog'lom va halol sportni targ'ib qilish maqsad qilib qo'yilgan.

Mazkur topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida to'rt yillikning eng nufuzli sport musobaqasi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga licenziya beruvchi musobaqalarga tayyorgarlik ko'rayotgan sportchilarga antidoping sohasida ko'nikmalar berib kelinmoqda.

Kuni kecha Agentlik tomonidan Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borayotgan taekvondo WT bo'yicha terma jamoa azolariga “ADEL platformasidan foydalanish va terapevtik istisnoni qo'llash” mavzusida o'quv-seminar o'tkazildi. Seminar davomida sportchilar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga yuzlanishdi va kerakli tavsiyalarni olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing