09 noy 14:20
Yangiliklar
Futbol

APL klubi jazolandi
"Everton" yosh futbolchilarni xarid qilish bo'yicha qoida buzgani tufayli jazolandi.
Klub Premer-ligadan yashirib, boshqa klub akademiyalaridan futbolchi olganlikda ayblandi. Malum bo'lishicha, yosh futbolchilardan biriga "Everton"ga aloqador maktabda joy va 600 ming funtlik uy taklif qilingan.
Klub yaqin ikki yil ichida boshqa Angliya jamoalarida o'ynayotgan 10 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. Bundan tashqari, "irislar" 500 ming funt jarima to'laydi.
Oldinroq, "Liverpul" va "Manchester Siti" xuddi shunday jazolangan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar