28 dek 19:25
Yangiliklar
Futbol
APLning 3 ta top-klubi Pikfordga ko'z tikdi
Angliya Premer-ligasining uchta gigant jamoasi "Everton" darvozaboni Jordan Pikfordga qiziqyapti.
"Irislar" bosh murabbiyi Frenk Lempard avvalroq 28 yoshli darvozabon klub bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turgani, ammo muzokaralarda qiyinchiliklar yuzaga kelganini aytgandi.
"Daily Mail" nashrining yozishicha, vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotgan "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "CHelsi" bu vaziyatdan unumli foydalanishi mumkin. Angliyalik darvozabonning amaldagi bitimi bir yarim yildan keyin tugaydi, shuning uchun u yozda arzonlashtirilgan narxda sotilishi mumkin.
Jordan Pikford ushbu mavsum "Everton" safida APLda 15 ta o'yinda 19 ta gol o'tkazib yubordi. Transfermarkt ekspertlari angliyalik futbolchining narxini 28 million evroga baholamoqda.
Havola :
Manba : Daily Mail
Fikrlar