22 sen 11:30
        Yangiliklar	
	
				
				    Boshqalar			    
				
				
			
				AQSH antidoping agentligi Rossiya sabab WADAni isloh qilish lozimligi haqida gapirdi
AQSH antidoping agentligi (USADA) Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) ni tiklash qarori sabab Butunjahon antidoping agentligi (WADA) faoliyatini isloh qilish lozimligi haqida gapirdi.
			"WADA tashkil topganidan buyon eng muhim qarorini qabul qildi. Bu jahondagi toza sportchilarga qaratilgan zarba bo'ldi. Bu orqali ular "Biz jahondagi millionlab sportchilar va milliardlab fanatlar istagidan ko'ra kamgina sport amaldorlari istagini yuqori qo'yamiz" deyishdi.
Bu qaror WADAda islohotlar boshlanishiga sabab bo'lishi kerak. Biz, antidoping oilasi bu borada ishni boshlaymiz", - deyiladi USADA rahbari Trevis Taygert bayonotida.
            Havola            :         
                    Manba                : USADA
            
			
Fikrlar