So’nggi yangiliklar

09:54Велопойгачи Францияда йилнинг энг яхши спортчиси деб топилди 0 09:33"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди 0 09:12The Ring VI шоуси иштирокчиларининг тўлиқ таркиби: Теофимо Лопеc - Шакур Стивенсон 0 08:51Богдан Гусков 2026 йил режалари билан ўртоқлашди 0 21:17Навбаҳор Ҳамидова проф боксда ғалабали дебют қилди 0 17:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда 0 17:17Менежер: "Усик истаган вақтида ва истаган рақибга қарши жанг қилади" 0 16:39"Топурия учта тоифада чемпион бўла олиши мумкин" - UFC собиқ жангчиси 0 16:16Жейк Пол "Жағим синган, аммо миям жойида" 0 15:40City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди 0 15:17Наоя Иноуэ ва Пикассо ўзаро жанг олдидан тарозига чиқди 0 14:53Деонтей Уайлдер: "Шубҳасиз, у билан жанг қиламан" 0 14:3216 йил қамоқда ўтирган 52 ёшли боксчи фаолиятидаги илк мағлубиятни қабул қилиб олди 0 14:11Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди 0 13:50Шон О`Мэлли: "Шуга Оқ уйда Янга, Америка эса Россияга қарши! Бу мантиқан тўғри" 0

17 iyu 21:28
Yangiliklar

Tennis

AQSH marvaridi Vinus Uilyams 40 yoshga to'ldi

Bugun amerikalik tennis marvaridi Vinus Uilyams o'z yubileyini nishonlyapti.

Uilyamslarning to'ng'ichi bugun 40 yoshga to'ldi. Vinus Eboni Starr Uilyams 1980 yil 17 iyun kuni AQSHning Linvud shahrida dunyoga kelgan. Professional faoliyatini 1994 yilda boshlagan. 

O'tgan davr mobaynida 49 ta WTA yakkalik, 22 ta juftlik turnirlarida bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Turnirlardagi ishtirokidan 41,805,656 dollar ishlab oldi. 

Uilyams "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi 7 ta yakkalik turnirida g'olib bo'ldi: Uimbldon 2000, 2001, 2005, 2007 va 2008 yillarda, shuningdek, US Open 2000 va 2001 yillarda. Australian Open-2003, "Rolan Garros"-2002 hamda Australian Open-2017 turnirlarining finalida o'ynadi. Qizig'i, barcha uch finalda singlisi Serena Uilyamsga imkoniyatni boy bergan.  

Vinus 2002 yilning fevral oyida faoliyatida ilk bor WTA reytingi peshqadamiga aylangan. Dunyoning birinchi raketkasi sifatida 11 hafta karvonboshilik qildi. Amerikalik tennischi juftlik reytingida ham peshqadamlik qilgan. 

Vinus Uilyams 1999 yilda AQSH terma jamoasi tarkibida Federaciya Kubogida zafar quchgan. 2000 yilgi Sidney Olimpiadasining yakkalik bahslarida oltin medalni qo'lga kiritdi. Ayni paytda Vinus sayyoramizning 67-raketkasi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. 

Bugungi kun qahramoni tennisdan bo'sh vaqtlarida karaokeda qo'shiq kuylaydi, rasm chizadi va sher yozib turadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing