17 fev 09:41
Yangiliklar
Tennis

Argentina Open. CHekkinato - ikkinchi finalchi!
Buenos-Ayres shahrida davom etayotgan nufuzli tennis turnirining ikkinchi yarim finalida Marko CHekkinato zafar quchdi.
Dunyoning 18-raketkasi bo'lib turgan italiyalik tennischi yarim finalda argentinalik Gvido Pelyadan ustun keldi. Gvido reytingning roppa-rosa 50-pog'onasidan joy olgan.
Oltmish to'qqiz daqiqa davom etgan yarim final uchrashuvida CHekkinato mezbonlar vakilini 6/4, 6/2 hisobida engdi. Bugun 26 yoshli Marko Argentina Open turnirining finalida yana bir mezbon tennischi Diego SHvarcmanga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar