25 okt 11:25
Yangiliklar
Tennis

Arina Folc Antaliyada, ilk raqiba vengriyalik tennischi
Istedodli tennischimiz Arina Folc Turkiyaning Antaliya shahri mezbonlik qilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda ishtirok etadi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 10 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan musobaqaning sakkizinchi raketkasi sifatida qayd etilgan. Arina birinchi bosqichda vengriyalik Aleksa Pirokka qarshi kortga chiqadi.
Folc juftliklar bahsida ham mahoratini namoyish qiladi. Ukrainalik Katerina Slyusar bilan to'rtinchi raqamli juftlikni hosil qilgan vakilamiz ilk davrada avstriyalik Karolin Kurc va chexiyalik Anna Slovakova hamkorligi qarshiligini sindirishga urinib ko'radi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar