31 okt 07:20
Yangiliklar
Tennis

Arina Folc bu hafta ham Antaliyadagi turnirda
Bugun Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlanadi.
Sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Arina Folc ham ishtirok etadi. Tennischimiz turnirning to'qqizinchi raketkasi sifatida harakat qiladi.
Eslatib o'tamiz, Arina o'tgan ham aynan Antaliyada o'tkazilgan turnirda o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazgan va chorak finalga qadar etib kelgan edi. Juftliklar bahslarida esa musobaqa vice-chempioniga aylangandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar