20 apr 17:41
Yangiliklar
Tennis

Arina Folc CHimkentdagi turnirning chorak finalida to'xtadi
Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Shymkent Open musobaqasining asosiy to'r bahslarida qatnashayotgan o'zbekistonlik 3 nafar tennischi qizlarimizdan faqat biri chorak finalga etib keldi.
Bugun Arina Folc yarim
final chiptasi uchun kortga chiqdi. Uning raqibasi ukrainalik Veronika Kapshay
bo'ldi. Kapshay ikkinchi davrada yana bir hamyurtimiz Albina Xabibulinani
7:6(2), 7:6(1) hisobida taslim etgandi.
Afsuski, ikkinchi tennischimiz ham Kapshayga yo'lni bo'shatib berdi. Ukrainalik tennischi hamyurtimizga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:1, 6:0.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar