14 mar 08:25
Yangiliklar
Tennis

Arina Folc Tunisdagi turnirda, ilk raqiba malum
Tunisning Xammamet shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi mazkur musobaqada hamyurtimiz Arina Folc ham ishtirok etadi.
Qura natijasiga ko'ra tennischimiz yakkalikning ilk davrasida italiyalik Martina Spigarelliga qarshi kortga chiqadi. Arina slovakiyalik Nino Potochnik bilan birga juftliklar musobaqasida ham kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar