08 avg 15:14
Yangiliklar

Arina Folc Turkiyadagi turnir yakkaligida mag'lub bo'ldi
Sovrin jamg'armasi 15 000 dollardan iborat bo'lgan ushbu musobaqaning asosiy to'r bahslarida uch hamyurtimiz - Arina Folc, Laylo Bahodirova va Kamola Umarovaning ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
Ulardan birinchi bo'lib Arina
kortga chiqdi. Afsuski, tennischimiz bahsni yakuniga etkaza olmadi. Ettinchi raqam
ostida tasniflangan Folc ilk davrada bolgariyalik Nevena Georgievaga yutqazdi.
Aniqrog'i, oltinchi geymdan so'ng Arina bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu vaqtga kelib, hamyurtimiz raqibasiga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berayotgandi.
Malumot uchun, Kamola Umarova birinchi bosqichda rossiyalik Anastasiya Bursaga, Laylo Bahodirova esa turkiyalik Ipek O'zga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar