19 apr 19:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Arman Carukyan: "UFC bu jangni istamagani achinarli"
Engil vazn toifasida UFC jangchisi Arman Carukyan ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali Beneil Dariushni hurmat qilishini aytdi.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik Renato Moykano u bilan jang qilishni istamagandan so'ng Carukyan raqibsiz qolgan edi. Ularning UFC Fight Night 223 turnirida jang qilishi rejalashtirilgan edi. CHarlz Oliveyra chetlatilganidan keyin Beneil ham raqibsiz qolgandi. Ular 7 mayga o'tar kuni Nyu-Jersida jang o'tkazishlari kerak edi.
"7 may kuni men bilan jang qilishga rozilik bergani uchun Beneilga Respect! UFC bu jangni istamagani achinarli. Umid qilamanki, biz kelajakda uchrashamiz", — deb yozgan Carukyan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar