05 dek 10:11
Yangiliklar
Boks/MMA
Arman Carukyan: "UFC keyingi jangim sanasi va manzili bo'yicha malumot berdi"
Engil vazn toifasida UFC reytingining birinchi raqamli vakili Arman Carukyan navbatdagi jangi bo'yicha tafsilotlar malum ekanini aytdi.
Carukyanning so'zlariga ko'ra, rasmiy elon yaqin kunlarda amalga oshishi kerak.
"Menejerim kelasi yil boshida chempionlik uchun jang qilishimni aytdi. Men juda xursandman. Umid qilamanki, UFC buni tez orada elon qiladi. Ular allaqachon jang sanasi va manzilini aytishdi. Demak, biz bilamiz, UFC rahbarlari biladi. Faqat ulardan oldin sana va manzilni elon qila olmaymiz. O'ylaymanki, bu xabar bir hafta ichida rasman elon qilinadi", dedi Carukyan.
Arman Carukyanning raqibi tashkilotning amaldagi chempioni Islam Maxachev bo'lishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar