26 iyu 10:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Arman Carukyanning menejeri 9 oylik chetlatishga munosabat bildirdi
Engil vazn toifasi reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan Nevada shtati Atletik kommisiyasi tomonidan 9 oyga diskvalifikaciya qilingandi.
Armanning menejeri Daniel Rubinshteyn mijozining chetlatilishiga o'z munosabatini bildirdi.
"Arman Nevada shtati Atletik komissiyasi (NSAC) chiqargan qarorni hurmat qiladi. U UFC va NSAC hamkorligida o'tkaziladigan ijtimoiy loyihalarda ishtirok etadi. Bu bilan u yil oxirigacha chempionlik kamari uchun jang o'tkazishiga umid qilmoqda", — dedi Rubinshteyn.
Eslatib o'tamiz, Arman Carukyan 13 aprel kuni Las-Vegasda o'tgan UFC 300 turnirida oktagonga chiqib kelish jarayonida muxlislarning biriga musht tushirgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar