07 jan 13:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Artur Beterbiev nima uchun haligacha Bivolga qarshi jang o'tkazmaganini tushuntirdi
Yarim og'ir vazn toifasida WVC, WVO va IBF yo'nalishlari chempioni Artur Beterbievning fikricha, uning WBA chempioni Dmitriy Bivolga qarshi jangi raqib jamoasining aybi tufayli o'tkazilmagan.
"Yil bokschisi kimligini aytish uchun hech bo'lmaganda u erda bo'lgan barcha bokschilarni ko'rib chiqishim kerak.
Men ularni umuman kuzatmaganman. To'g'risi men boks ko'rmayman. Bivol ikki meksikalikni mag'lub etdi, to'g'rimi? Men bu janglarni ham ko'rmadim. Barcha muxlislarga biroz sabr tilayman, jangimiz bu yil bo'lishiga ishonchim komil emas.
Ikkinchidan, oxirgi uch yil davomida Bivol doim keyingi jangida men bilan jang qilishini aytib keladi. U bu gapni aytgunicha, men boshqa chempionlardan ikkita kamarni tortib oldim. Biz Bivoldan nimani reja qilganini so'rashimiz kerak. Hech narsa aytmoqchi emasman, biz emas, ular o'yin qilyapti", - dedi Beterbiev.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar