10 apr 14:59
Yangiliklar
Muaytay
Aslamjon Ortiqovning jangi bekor qilindi
Taniqli yakkakurash ustamiz Aslamjon Ortiqov 10 aprel kuni Tailandning Bangkok shahrida tashkil etiladigan ONE Fight Night 42 turnirida ishtirok etishi haqida xabar bergandik.
Muay-taychimizning kolumbiyalik Jordan Estupinanga qarshi jangi bekor bo'ldi.
Bu haqda Liga xabar berdi. Jang bekor bo'lishiga kolumbiyalik sportchining jarohat olgani va bahsda ishtirok etishdan bosh tortgani sabab bo'lgan.
Malumot uchun, tajribali muaytaychimiz o'tgan yili ONE Fight Night 36 turnirining ikkinchi asosiy jangi (co main event)da Tailand vakili, Liganing sobiq chempioni Kongtoraneni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan edi. Bu bilan Ortiqov ONE FC Ligasidagi to'qqizinchi jangida to'qqizinchi g'alabasini nishonlagandi.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar