30 avg 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA
"Aspinallni tezroq oktagonga qaytarish kerak" - sobiq chempion
UFC sobiq chempioni Daniel Korme Tom Aspinall bilan bog'liq vaziyat haqida o'z fikrini bildirdi.
"Tom Aspinall UFCda bo'lishi shart. Uni imkoni boricha tezroq janglarga qaytarish kerak, chunki u dunyodagi eng yaxshi og'ir vaznli jangchi.
Siril Gan ham kuchli jangchi. U Aleks Pereyraga qarshi jangda ajoyib ko'rindi. Ammo UFC og'ir vazn toifasining haqiqiy chempioni — Tom Aspinall. UFC unga muhtoj.
Umid qilamanki, bu bahslar va o'zaro ayblovlar tugaydi hamda biz og'ir vazndagi chempionni, sayyoradagi eng xavfli insonlardan birini yana oktagonda ko'ramiz", — dedi Korme.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar