19 iyu 12:29
Yangiliklar
Astana “Fyuchers”. SHaripova ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi
Mukofot jamg'armasi 80 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada mamlakatimizning etakchi tennischilari - Sabina SHaripova, Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodova ham ishtirok etyapti.
Yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida Nigina va Oqgul raqibalariga imkoniyatni boy berishgandi. Hozirgina yakuniga etgan uchrashuvda turnirning birinchi raketkasi sifatida harakat qilayotgan Sabina SHaripova chorak final chiptasi uchun kortga chiqdi.
Uning raqibasi turkiyalik Berfu CHengiz bo'ldi. O'n sakkiz yoshli Berfu dunyo reytingida 379-o'rinni egallab turibdi. Sabina esa 144-pog'onadan joy olgandi. Uchrashuvda turkiyalik dugonasiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan vakilamiz 6:1, 6:3 hisobida zafar quchib, chorak finalga chiqdi.
Fikrlar