21 avg 14:10
Yangiliklar
Futbol
"Atletiko" Alvaresni bir shart bilan sotishga tayyor
"Atletiko" Xulian Alvaresning kelajagi borasidagi o'z poziciyasini biroz o'zgartirdi.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, Madrid klubi rahbariyati 26 yoshli hujumchining "Arsenal"ga transferi bo'yicha muzokaralar o'tkazishga rozi. SHu bilan birga, ular "Barselona"ning takliflarini qabul qilmaslik fikrida qatiy turmoqda.
Futbolchining o'zi aynan Kataloniya jamoasiga o'tishni xohlaydi. U "blagrana"ning ustuvor transfer nishoni bo'lib qolmoqda.
La Liganing o'tgan mavsumida Alvares 29 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar