So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

05 okt 09:15
Yangiliklar

Boshqalar

Atletlarimiz bodibilding, fitnes va mas-restling bo'yicha Osiyo chempionatidan qaytishdi

26 sentyabrdan 4 oktyabrga qadar Indoneziyaning Batam shahrida bodibilding, fitnes va mas-restling bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

Unda qitamizning 38 ta davlatidan 250 nafarga yaqin atlet g'oliblik uchun bahs olib borishdi.

Ushbu musobaqada Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Indoneziya, Filippin, Malayziya, Xitoy Taypeyi, Hindiston, Pokiston, Tailand, Singapur, SHri-Lanka singari Osiyoning etakchi davlatlaridan kelgan sportchilar medallar uchun kurashga kirishdi.

Osiyo chempionatining yakuniy natijalariga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi azolari ikkitadan oltin va bronza, jami 4 ta medalga sazovor bo'ldi. Jumladan, erkaklar o'rtasida Doston Hasanov atlet yo'nalishida oltin, Pavel Umurzakov esa bodibilding yo'nalishida bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lsa, ayollar o'rtasidagi bahslarda Rushana Maksumova fitnes model yo'nalishida oltin, yana bir vakilamiz Anjelina Osipyan esa fitnes model yo'nalishida bronza medalini qo'lga kiritdi.

Norasmiy umumjamoa hisobida vakillarimiz bodibilding, fitnes va mas-restling yo'nalishida 38 ta davlat orasida faxrli 3-o'rinni egalladi. Bu borada Tailand eng yaxshi natija ko'rsatgan bo'lsa, ikkinchi pog'onadan mo'g'ulistonlik atletlar joy olishdi.

Hozirgina O'zbekiston sport delegaciyasi Kuala-Lumpur – Toshkent yo'nalishi bo'ylab yurtimizga etib keldi va Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo'ndi. Mazkur Osiyo chempionatida jami 9 nafar atletimiz O'zbekiston sharafini himoya qilishgan bo'lsa, shulardan to'rttasi yakunda sovrindorga aylanishdi.

Toshkent xalqaro aeroportida atletlarimizni Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, O'zbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federaciyasi raisi Odil Abdurahmonov, vazirlik hamda federaciya xodimlari, shuningdek sportchilarning oila azolari va ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali kutib olishdi.

Doston Hasanov (Osiyo chempioni) – Albatta, qita chempionatida g'alaba qozonishning o'zi bo'lmadi. Ammo, mashg'ulotlardagi mashaqqatli mehnatlarimiz besamar ketmadi, yurtimizga yorug' yuz bilan qaytdik. Muvaffaqiyatlarimiz zamirida O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga hukumatimiz darajasida berilayotgan etibor yotibdi, desam aslo mubolag'a bo'lmaydi. Fursatdan foydalanib, kamtarona mehnatlarimizni yuksak darajada qadrlab, tantanali tarzda kutib olishgani uchun vazirlik hamda federaciya rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing