So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

20 okt 12:38
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekistonda yana bir sport assosiaciyasi tashkil etildi

O'zbekiston sog'lom turmush tarzi va fitnes milliy assosiaciyasiga asos solindi.

Mamlakatimizda aholi orasida jismoniy tarbiya va sport, sog'lom turmush tarzi targ'ibotini yanada kuchaytirish maqsadida O'zbekiston sog'lom turmush tarzi va fitnes milliy associaciyasi tashkil etildi.  

Assosiaciyaning ilk konferenciyasini MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administraciyasi departament rahbari Odil Abduraxmanov, Yoshlar siyosati va sport vazirining o'rinbosari Durdona Rahimova, Yoshlar ishlari agentligi direktorining o'rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova, fitnes va masrestling federaciyasining masullari ishtirok etishdi. 



Oybek Omilovich dastavval tashkil etilayotgan yangi associaciyaning maqsad va vazifalari xususida to'xtalar ekan, bu Prezidentimizning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga yo'llagan Murojaatnomalarida ilgari surgan Sog'lom turmush tarzi harakatining amaliy natijasi bo'lishini takidladi. 

Tadbirda Odil Qalandarovich Abduraxmonov nomzodi O'zbekiston sog'lom turmush tarzi va fitnes milliy associaciyasi raisligiga ilgari surildi. Delegatlar ushbu nomzodni bir ovozdan qo'llab-quvvatlashdi va O.Abduraxmanov yangi tashkil etilgan ushbu associaciya raisi etib saylandi. 



O'z navbatida, Odil Qalandarovich bildirilgan ishonchni oqlashga, aholi orasida sog'lom turmush tarzi va to'g'ri ovqatlanishni targ'ib qilish, mamlakatimizdagi fitnes industriyasini yanada kuchaytirish yo'lida bor kuch-g'ayratini ishga solishga vada berdi.

Kun tartibiga muvofiq, Associaciya raisi o'rinbosarlarining tarkibi ham shakllantirib olindi. Unga ko'ra, Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o'rinbosari Alisher Sadullaev, shuningdek, Jahongir Navro'zov, Mohir Karimov hamda SHohruh Daliev Associaciya raisning o'rinbosarlari lavozimiga saylanishdi. 



Tadbirda so'z olgan Durdona Rahimova Yoshlar siyosati va sport vazirligi ushbu tashkilot faoliyatini rivojlantirish, yoshlar orasida keng targ'ib qilishda elkadosh bo'lishini bildirdi. SHuning bilan, O'zbekiston sog'lom turmush tarzi va fitnes milliy associaciyasining Konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing