30 okt 16:39
Yangiliklar
Boshqalar
O'zbekistonlik bodibilderlar xalqaro turnirda sovrindor bo'ldi (FOTO)
24-26 oktyabr kunlari Dubay shahrida bodibilding va fitness bo'yicha xalqaro “Dubai Muscle Classic” turniri bo'lib o'tdi.
Turnirda o'zbekistonlik 5 nafar sportchi shohsupadan joy oldi.
Turli vaznlarda o'zbekistonlik professional sportchilar Bahromjon Boymirzaev, Ibrohim Latipov, Xurshid Botirov, Umarjon Xo'janov va SHoxruhmirzo Ergashev har xil probadagi medallarga ega chiqdi. Bahromjon Boymirzaev turnirda O'zbekistonga oltin medal keltirgan bo'lsa, Ibrohim Latiov, Umarjon Xo'janov va Xurshid Botirov shohsupaning 2-pog'onasidan joy oldi. 95 kg vazngacha bo'lgan sportchilar orasida SHoxruxmirzo Ergashev bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Bungacha o'zbekistonlik bodibilding ustalari AQSHda o'tkazilgan havaskorlar o'rtasidagi “Mister Olympia” turnirda ishtirok etib, umumjamoa hisobida 3-o'rinni egallagandi.







Havola :
Fikrlar