06 dek 08:46
Yangiliklar

ATP 2017 yilning eng yaxshi uchrashuvini elon qildi
Unga ko'ra, Mayami Masters turnirining yarim finalidan o'rin olgan Rojer Federer va Nik Kiros o'rtasidagi bahs joriy mavsumning eng yaxshi uchrashuvi deb topildi.
Uchchala set g'olibi ham tay-brekda aniqlangan ushbu bahsda shveycariyalik tennis yulduzi avstraliyalik raqibini 7:6 (11:9), 6:7 (9:11), 7:6 (7:5) hisobida taslim etib, finalga yo'llanma olgan edi.
ATP-turning 2017 yildagi eng yaxshi 5 ta uchrashuvi:
1. Mayami. Yarim final. Rojer Federer (SHveycariya) – Nik Kiros (Avstraliya) - 7:6 (11:9), 6:7 (9:11), 7:6 (7:5)
2. Madrid. Uchinchi davra. Dominik Tim (Avstriya) – Grigor Dimitrov (Bolgariya) - 4:6, 6:4, 7:6 (11:9)
3. Monreal. Ikkinchi davra. Gael Monfis (Franciya) – Kei Nisikori (Yaponiya) - 6:7 (4:7), 7:5, 7:6 (8:6)
4. Doxa. Final. Novak Jokovich (Serbiya) – Endi Marrey (Buyuk Britaniya) - 6:3, 5:7, 6:4
5. Pekin. Birinchi davra. Rafael Nadal (Ispaniya) – Lyuka Pui (Franciya) - 4:6, 7:6 (8:6), 7:5
Fikrlar