21 noy 16:20
Yangiliklar
Tennis
ATP Finals. Daniil Medvedev guruhdagi uchinchi uchrashuvida ham g'alaba qozondi
Buyuk Britaniyaning London shahrida tennis bo'yicha Yakuniy ATP chempionati bo'lib o'tmoqda.
Rossiyaning birinchi raqamli tennischisi Daniil Medvedev guruh bosqichining uchinchi bahsida Argentina vakili Diego SHvarcmanga qarshi kortga chiqdi. 1 soat 13 daqiqa davom etgan bahsda Medvedev raqibini har ikki setda bir xil — 6:3, 6:3 hisoblarida mag'lub etdi.
SHu tariqa, rossiyalik guruh bosqichida uchta uchrashuvda g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi. Diego esa uchala bahsda ham mag'lub bo'lib, turnirni tark etdi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar