21 noy 07:52
Yangiliklar
Tennis

ATP Finals. Marrey Jokovichni engib, bosh mukofot va 2 mln. dollarga ega bo'ldi
Buyuk Britaniyaning London shahrida tennis bo'yicha yilning Yakuniy ATP turniri o'z nihoyasiga etdi.
Dunyoning sakkiz nafar eng kuchli raketka ustalari ishtirokida o'tgan nufuzli turnirda britaniyalik Endi Marrey bosh mukofot sohibiga aylandi.
Bir soatu 43 daqiqa davom etgan final bahsida Marrey serbiyalik Novak Jokovichni 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Ushbu g'alabadan so'ng Endi dunyoning birinchi raketkasi maqomini o'zida saqlab qoldi.
Ushbu g'alaba Endi Marreyga 1500 reyting ochkosi hamda 2 million AQSH dollari miqdoridagi sovrin jamg'armasini ham keltirdi.
Barclays ATP World Tour Finals
London, Buyuk Britaniya
Yakuniy ATR turniri
Sovrin jamg'armasi – 7 600 000 dollar
FINAL:
Endi Marrey (Buyuk Britaniya) – Novak Jokovich (Serbiya) - 6:3, 6:4
Havola :
Fikrlar