17 noy 10:15
Yangiliklar
Tennis

ATP Finals. Marrey murakkab kechgan bahsda Nisikorini engdi
Dunyoning birinchi raketkasi Endi Marrey Londonda davom etayotgan yilning Yakuniy ATP Finals turnirining ikkinchi davrasida yana g'alaba qozondi.
SHotlandiyalik tennischi dunyoning beshinchi raketkasi hisoblangan yaponiyalik Kei Nisikorini qiyin kechgan uchrashuvda mag'lubiyatga uchratdi.
Marrey birinchi setni 6:7, tay-brekda 9:11 hisobida boy berdi. Lekin keyingi ikki setda 6:4, 6:2 hisobida g'alaba qozonib, yarim final masalasini ijobiy hal qildi.
ATP Finals. Guruh bosqichi.
Jon Makinroy guruhi:
Endi Marrey (Buyuk Britaniya, 1) – Kei Nisikori (Yaponiya, 5) – 6:7, 6:4,
6:2
Havola :
Fikrlar