20 noy 13:20
Yangiliklar

ATP Finals. Marrey va Jokovich bosh mukofot uchun kortga chiqadi
Dunyoning sakkiz nafar eng kuchli raketka ustalari ishtirokida boshlangan nufuzli turnirda final ishtirokchilari malum bo'ldi.
Dastlabki yarim final uchrashuvida dunyoning birinchi raketkasi Endi Marrey kanadalik Milosh Raonichning qiyinchilik bilan 5:7, 7:6, 7:6 hisobida mag'lub etdi.
Britaniyalik tennischining finaldagi raqibi serbiyalik Novak Jokovich bo'ladi. Hozircha dunyo reytingida ikkinchi o'rinda borayotgan Novak yarim finalda yaponiyalik Kei Nisikoriga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:1, 6:1.
Aynan final uchrashuvida g'alaba qozongan tennischi mavsumni dunyoning birinchi raketkasi sifatida yakunlash imkoniyatiga ega bo'ladi.
Barclays ATP World Tour Finals
London, Buyuk Britaniya
Yakuniy ATR turniri
Sovrin jamg'armasi – 7 600 000 dollar
YARIM FINAL:
Endi Marrey (Buyuk Velikobritaniya, 1) – Milosh Raonich (Kanada, 4) – 5:7, 7:6, 7:6
Novak Jokovich (Serbiya, 2) – Kei Nisikori (Yaponiya, 5) – 6:1, 6:1
Fikrlar