19 noy 10:45
Yangiliklar
Tennis

ATP Finals. Nisikori CHilichga yutqazdi, lekin yarim finalga chiqdi
Buyuk Britaniyaning London shahrida davom etayotgan tennis bo'yicha yilning Yakuniy ATP turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Dunyoning sakkiz nafar eng kuchli raketka ustalari ishtirokida o'tayotgan nufuzli turnirning Jon Makinroy nomli guruhida so'nggi uchinchi tur uchrashuvlari o'tkazildi.
Dastlabki ikki uchrashuvda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan xorvatiyalik Marin CHilich dunyoning beshinchi raketkasi Kei Nisikorini 3:6, 6:2, 6:3 hisobida mag'lub etdi. Lekin yarim finalga yaponiyalik tennischi yo'l oldi.
Barclays ATP World Tour Finals
London, Buyuk Britaniya
Yakuniy ATR turniri
Sovrin jamg'armasi – 7 600 000 dollar
GURUH BOSQICHI. JON MAKINROY GURUHI:
Marin CHilich (Xorvatiya, 7) – Kei Nisikori (Yaponiya, 5) – 3:6, 6:2, 6:3
Havola :
Fikrlar