14 noy 10:32
Yangiliklar
Tennis
ATP Finals. Zverev Kasper Ruudga ikkinchi mag'lubiyatni taqdim etdi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Aleksandr Zverev yilning Yakuniy ATP turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etyapti.
Germaniyalik tennischi guruh bosqichining ikkinchi uchrashuvida ham g'alabaga erishdi. Zverev bu safar ATP reytingida ettinchi o'rinni egallab turgan norvegiyalik Kasper Ruudni mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(3), 6/3. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Aleksandr oldinda bormoqda - 4:2.
Sakson sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Zverev 11, Ruud 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Zverev so'nggi tur oldidan Jon Nyukomb nomli guruhda ikki g'alaba bilan peshqadamlik qilyapti. Bitta g'alaba va mag'lubiyatga ega Ruud ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar