19 noy 08:48
Yangiliklar
Tennis
ATP Yakuniy turniri. Dimitrov ikkinchi finalchi!
Xabar berganimizdek, kecha oqshom Angliyaning London shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha ATP Yakuniy turnirida yarim final uchrashuvlari o'tkazildi.
Bolgariyalik Grigor Dimitrov Londondagi O2 Arena korti mezbonlik qilayotgan, sovrin jamg'armasi 7 million dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnirning ikkinchi finalchisiga aylandi.
Grigor 1 daqiqasi kam 2 soat davom etgan uchrashuvda amerikalik
Jek Sokni 4:6, 6:0, 6:3 hisobida taslim etdi. Dimitrov dunyo re ytingida olti, Sok esa to'qqizinchi o'rinni
egallab turibdi. Bugungi finalda bolgariyalik tennischi belgiyalik David Goffinga
qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Fikrlar