18 noy 09:13
Yangiliklar

ATP Yakuniy turniri. Dimitrovda ham Federer singari yuz foizlik natija
Londondagi O2 Arena korti mezbonlik qilayotgan, sovrin jamg'armasi 7 million dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnirda guruh bosqichi yakunlanib, yarim final ishtirokchilari malum bo'ldi.
Guruh bosqichining so'nggi uchrashuvida bolgariyalik Grigor
Dimitrov ispaniyalik Pablo Karreno-Bustani ikki setda ham bir xil 6:1 hisobida
mag'lub etdi. Dunyoning oltinchi raketkasi bo'lgan Grigor guruhning uchchala
uchrashuvida ham g'alaba qozondi.
Ikkinchi guruhda xuddi shunday natijani dunyoning ikkinchi raketkasi shveycariyalik Rojer Federer qayd etgandi. 2017 yilgi tennis mavsumini yakunlab beruvchi ushbu nufuzli musobaqada dunyoning eng kuchli sakkiz nafar raketka ustalari bosh mukofot uchun bahs olib borishyapti.
Fikrlar