17 noy 09:08
Yangiliklar
Tennis

ATP Yakuniy turniri. Federer guruhning uchinchi bahsida ham zafar quchdi
Xabar berganimizdek, Angliyaning London shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ATP Yakuniy turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirib boryapti.
Londondagi “O2 Arena” korti mezbonlik qilayotgan va sovrin jamg'armasi 7 million dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnirda Rojer Federerning bosh mukofot uchun asosiy davogar ekanligi oydinlashib qoldi.
Dunyoning ikkinchi raketkasi ketma-ket uchinchi
uchrashuvida ham g'alabaga erishdi. SHveycariyalik tennis yulduzi 1 soatu 54 daqiqa
davom etgan bahsda dunyoning beshinchi raketkasi hisoblangan xorvatiyalik Marin
CHilichni 6:7(5), 6:4, 6:1 hisobida mag'lub etdi.
Guruh bosqichida uchta g'alabaga erishgan Rojer Federer
birinchi o'rin egasi sifatida yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. CHilich esa
uchchala uchrashuvda ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Havola :
Fikrlar