18 noy 08:51
Yangiliklar
Tennis

ATP Yakuniy turniri. Goffin yarim finalning so'nggi ishtirokchisi
Angliyaning London shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha ATP Yakuniy turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Londondagi O2 Arena korti mezbonlik qilayotgan, sovrin jamg'armasi 7 million dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnirda yarim finalning so'nggi ishtirokchisi aniqlandi.
Dunyoning sakkizinchi raketkasi belgiyalik David Goffin
guruh bosqichining so'nggi uchrashuvida to'rtinchi raqam ostida tasniflangan avstriyalik
Dominik Timni mag'lub etib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
26 yoshli Goffin 1 soatu 12 daqiqa davom etgan bahsda 24
yoshli Timni 6:4, 6:1 hisobida mag'lub etdi. David guruhning ikki uchrashuvida zafar
quchib, bitta bahsda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Havola :
Fikrlar