15 noy 08:56
Yangiliklar
Tennis

ATP Yakuniy turniri. Jek Sokda ham g'alaba
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Angliyaning London shahrida tennis bo'yicha ATP Yakuniy turniri bo'lib o'tmoqda.
Londondagi “O2 Arena” korti mezbonlik qilayotgan turnirda kecha ikkita uchrashuv o'tkazildi. Turnirning beshinchi raketkasi bo'lgan xorvatiyalik Marin CHilich sakkizinchi raqam ostida tasniflangan amerikalik Jek Sokka 7:5, 2:6, 6:7 (4) hisobida yutqazib qo'ydi.
Ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib olgan CHilich yarim finalga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Bugun ikkinchi guruhda yana ikkita uchrashuv o'tkaziladi.
Bugungi bahslar:
Grigor Dimitrov (Bolgariya, 6) – David Goffen (Belgiya, 7)
Pablo Karreno-Busta (Ispaniya) – Dominik Tim (Avstriya, 4)
Havola :
Fikrlar