19 noy 08:21
Yangiliklar

ATP Yakuniy turnirining finali Federersiz o'tadi
Londondagi O2 Arena korti mezbonlik qilayotgan, sovrin jamg'armasi 7 million dollarni tashkil qiluvchi ushbu turnirning finali g'oliblik uchun asosiy davogar bo'lgan shveycariyalik Rojer Federersiz o'tadigan bo'ldi.
Dunyoning ikkinchi raketkasi final chiptasi uchun kechgan
bahsda belgiyalik David Goffinga kutilmaganda yutqazib qo'ydi. Bir soatu 45
daqiqa davom etgan uchrashuvda Goffin 2:6, 6:3, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Etiborlisi, David faoliyatida ilk bor Rojerni mag'lub
etishning uddasidan chiqdi. Bundan avval tennischilar o'rtasida o'zaro o'tkazilgan barcha
olti uchrashuvda Federerning qo'li baland kelgan edi.
Yarim final
David Goffen (Belgiya, 7) – Rojer Federer (SHveycariya, 2) 2:6, 6:3, 6:4
Fikrlar