16 dek 17:41
Yangiliklar
![](/upload/storage/24867_220.jpg)
ATP “yil kambek”ini elon qildi
Bu safar Xalqaro tennis federaciyasi erkaklar o'rtasidagi turnirlarda amalga oshirilgan “kambek”lar beshligini oshkor qildi. Yani uchrashuv davomida mag'lubiyatga uchray turib, irodali g'alabaga erishilgan o'yinlar ro'yxati taqdim etildi.
Ro'yxatning birinchi pog'onasiga britaniyalik Endi Marrey hamda germaniyalik Filipp Kolshrayber o'rtasidagi uchrashuv loyiq ko'rildi. Bu ikki tennischi o'rtasidagi Dubay turniridagi bahsda Marrey 7ta match-bolni yo'qqa chiqara olgan edi. Aynan mana shu uchrashuv “Yil kambek”i deb topildi.
“Yil kambek”i. Kuchli beshlik
1. Dubay. CHorak final. Endi Marrey (Buyuk Britaniya) – Filipp Kolshrayber (Germaniya) - 6:7 (4:7), 7:6 (20:18), 6:1. Marrey 7ta match-bolni bartaraf etib, yakunda g'alaba qozondi.
2. Monreal. Ikkinchi davra. Gael Monfis (Franciya) – Kei Nisikori (Yaponiya) - 6:7 (4:7), 7:5, 7:6 (8:6). Gael 4ta match-bolni bartaraf etib, yakunda g'alaba qozondi.
3. Monte-Karlo. Uchinchi davra. Albert Ramos-Vinolas (Ispaniya) – Endi Marrey (Buyuk Britaniya) - 2:6, 6:2, 7:5. Uchinchi setda 0:4 hisobida yutqazayotgan Albert yakunda g'alabaga erishdi.
4. Parij. Ikkinchi davra. Jek Sok (AQSH) – Kayl Edmund (Buyuk Britaniya) - 4:6, 7:6 (7:4), 7:6 (7:5). Uchinchi setda Sok 1:5 hisobidagi mag'lubiyatni yakunda g'alabaga pylantira oldi.
5. Doxa. Yarim final. Novak Jokovich (Serbiya) – Fernardo Verdasko (Ispaniya) - 4:6, 7:6 (9:7), 6:3.
Marrakesh. Final. Borna CHorich (Xorvatiya) – Filipp Kolshrayber (Germaniya) - 5:7, 7:6 (7:3), 7:5. Novak va Borna 5tadan match-bolni bartaraf etib, yakunda g'alabaga erishishdi.
Fikrlar