21 noy 12:13
Yangiliklar
ATR joriy mavsum eng ko'p pul ishlab topgan tennischini oshkor qildi
Bu yilgi tennis mavsumida eng ko'p mukofot puliga dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich ega bo'lgan. Serbiyalik tennischi 2018 yilgi mavsumdan 12,6 mln dollar ishlab oldi.
Ikkinchi pog'onadan ispaniyalik Rafael Nadal joy olgan. U 8,66 mln dollarni o'z hisob raqamiga yozib qo'ydi. Yakuniy ATR turniri g'olibi germaniyalik Aleksandr Zverev esa 7,72 mln dollar bilan uchinchi o'rindan joy oldi. SHveycariyalik Rojer Federer 7,6 mln dollarni qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, joriy 2018 yilda Jokovich “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi US Open va Uimbldon turnirlarida bosht sovrin sohibiga aylandi. SHanxay (Xitay) va Cincinnati (AQSH) turnirlarida ham chempion bo'ldi. Yakuniy ATP turniri finalida esa Zverevga 4:6, 3:6 hisobida yutqazdi.
Fikrlar