19 jan 10:44
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/26961_220.jpg)
Australian Open. 15 yoshli qahramonni o'z hamyurti to'xtatdi
Ukrainalik 15 yoshli istedod egasi Marta Kostyuk Avstraliya Ochiq chempionatidagi shov-shuvli yurishini to'xtatdi.
Bu safar ukrainalik tennischi musobaqaning 1/16 final bosqichida hamyurti dunyoning to'rtinchi raketkasi Elina Svitolinaga 2:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Kostyuk WTA reytingida 521-pog'onadan joy olgandi.
Murakkab kechgan saralash bahslari orqali asosiy to'rga yo'l
olgan 15 yoshli Marta 1997 yildan beri “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi
turnirlarning uchinchi bosqichiga etib kelgan eng yosh tennischigan aylangandi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar